Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova okrugidagi 208-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrifda maktab direktori deputatga qurilish ishlari yakunlangan yangi binoda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, darsliklar, mashg‘ulotlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shuningdek, deputat “1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan maktab direktori va ma’muriyatini ushbu bayram bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.