Issiqxona faoliyati bilan tanishildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan Mustaqillik MFY hududida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida 1 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxonada ekinlarni yetishtirish jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, issiqxonadan samarali foydalanish, yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Hududlarda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.