Elektr ta’minotidagi muammo joyida bartaraf etildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova tomonidan Yangihayot MFY, At-Termiziy ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida elektr tarmog‘idagi eski sim uzilib tushgani va bu holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.
Aniqlangan muammo tuman elektr tarmoqlari mas’ullari bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, eski sim o‘rniga yangi sim o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Muammoning qisqa muddatda bartaraf etilishi natijasida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish choralari ko‘rildi.