Maktabdagi sport sharoitlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish ishlari tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov tomonidan amalga oshirilib, maktabdagi sport zallari, ularda mavjud sport anjomlari va jihozlarning holati, o‘quvchilar foydalanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sport zallarining o‘quvchilar uchun qulayligi, mavjud sport anjomlaridan samarali foydalanish hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida, ta’lim muassasalarida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish va ularning manfaatlarini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida olib borildi.