Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan Mustaqillik MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ularni mavjud imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya imkoniyatlaridan foydalanish hamda doimiy daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining murojaatlari va muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.