Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev tomonidan Do‘stlik MFYda yashovchi Jumayeva Shahodat Baxtiyorovnaning xonadoniga borilib, mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning amaliy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroga mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan qanday xizmatlar ko‘rsatilayotgani, uning ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganilgani, zarur ko‘mak va xizmatlar bilan ta’minlanishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash borasidagi ishlarning amalda qay darajada tashkil etilayotgani yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Mazkur o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida amalga oshirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.