Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
13-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktab binosining umumiy holati, isitish tizimi, qozonxona, mavjud yoqilg‘i zaxirasi, sinfxonalar va boshqa o‘quv xonalarining qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, isitish tizimining sozligi, qozonxonaning mavsum davomida uzluksiz ishlashi, yoqilg‘ining yetarliligi va belgilangan tartibda saqlanishi, texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maktab rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida sovuq kunlarda o‘quvchilar uchun sinfxonalarda maqbul haroratni ta’minlash, ehtimoliy nosozliklarning oldini olish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ullarga mavsumga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3