Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
O‘QUVCHILARI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Bolalikning ilk ta’lim bosqichi — bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, maktab muhitiga moslashuvi va kelgusidagi ta’lim jarayoniga munosabatini shakllantiradigan muhim davrdir. Shu bois birinchi sinf o‘quvchilari uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, 1-sinf o‘quvchilariga olib borilayotgan dars jarayoni va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida boshlang‘ich sinf xonalarining jihozlanganligi, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida ishtiroki, ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda pedagoglarning o‘quvchilar bilan ishlash uslubi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat 1-sinf o‘quvchilariga dars berayotgan pedagoglar bilan suhbatlashib, ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarning maktab muhitiga moslashuvi, ularning bilim olishga qiziqishi va darslarni samarali o‘zlashtirishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Pedagoglar bilan muloqot davomida o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini inobatga olish, har bir bolaning ta’lim jarayoniga faol jalb etilishi va boshlang‘ich ta’lim sifatini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan bolalarning ta’lim olish huquqi va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib ta’lim muhitini yaratish hamda pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3