Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#sessiya
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #11_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 11-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlik nazoratida!

Aholiga, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarga qulay, xavfsiz va munosib shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazishini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Jayxun” mahallasida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida DMTTning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, bino va xonalarning isitilishi, mavjud isitish tizimlarining sozligi, issiqlik ta’minoti, zarur yoqilg‘i va boshqa resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.

Xususan, 11-band — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimi holatini o‘rganish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xonalar harorati, sanitariya-gigiyena holati hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumini barqaror, xavfsiz va muammosiz o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, uning yechimini izlash va ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2