Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#sessiya
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13_band #mudir_ish_rejasi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayxun” mahallasida ko‘p qavatli uylar holati deputatlik nazoratida
Aholi uchun xavfsiz, ozoda va qulay yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Jayxun” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida, xususan, 13-band ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida hududdagi ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, ularga xizmat ko‘rsatish sifati hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan:

- ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va pod’yezdlarining sanitariya va obodonlashtirish holati;
uylarning yerto‘lalari, ularning saqlanishi va sanitariya talablariga muvofiqligi;
- ko‘p qavatli uylar atrofidagi tutash hududlarning tozaligi va obodonlashtirilganlik darajasi;
aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal va xizmat ko‘rsatish ishlarining sifati;
- boshqaruv kompaniyalari tomonidan uy-joy fondini saqlash va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda tozalik hamda obodonlashtirish ishlarini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholiga qulay va munosib yashash sharoitlarini ta’minlashda boshqaruv kompaniyalari, mahalla mas’ullari hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Aniqlangan masalalarning bartaraf etilishi, ko‘p qavatli uy-joylar atrofidagi obodonlik holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati deputlar tomonidan nazoratga olindi.
Slide 1 of 3