Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_ta_masala

Hududlarda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich tomonidan  47-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, binolarning issiqlikni saqlash holati, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga shayligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish hamda o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3