Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Kengashning haftalik ish rejasiga muvofiq, Istiqbol mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandilar.
🔎 O‘rganish davomida, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 Aholi farovonligini oshirish, muammolarni manzilli hal etish va har bir xonadonning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.