Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Deputatlik so‘rovi

Aholi bilan bevosita muloqot davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, “5-Kattabog‘” saylov okrugida o‘tkazilgan fuqarolar bilan muloqot chog‘ida “Kattabog‘” mahallasi, Navbahor ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Primqulov o‘z xonadoniga kirib-chiqish yo‘lida joylashgan tabiiy gaz quvuri noqulaylik tug‘dirayotganini ma’lum qildi.

Murojaatga ko‘ra, xonadonning chiqish qismi 13-sonli umumta’lim maktabi hududiga tutash bo‘lib, ayni paytda bu yo‘nalishdagi kirish-chiqish yo‘li ta’mirlanmoqda. Hududdan o‘tgan gaz quvurining past balandlikda joylashgani esa yo‘lni ta’mirlash ishlariga va fuqarolarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan 5-"Kattabog‘" saylov okrugi deputati I.Tangirov tomonidan “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i X.Berdimuratov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda hududni mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, mavjud gaz quvurini texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda qayta montaj qilish yoki xavfsiz holatga keltirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.