Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan "Uyg'ur" MFYda faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.

📌O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📖 O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan hududdagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✔️“Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak, murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarini hal etish yuzasidan mas’ullar tomonidan ko‘rilayotgan choralar ham muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3