Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil #doimiy_komissiya_faoliyati

Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida qurib bitkazilgan sport zalining holati va foydalanishga topshirilishi bilan tanishildi.

O‘rganish davomida sport zalida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatlari hamda bino va jihozlarning mavjud holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport zalini yanada zarur jihozlar bilan ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish va sport mashg‘ulotlari uchun sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Qo‘shimcha sport jihozlarining olib kelinishi bilan sport zalidagi sharoitlar yanada yaxshilanishi va o‘quvchilar uchun qulay imkoniyatlar kengayishi qayd etildi.

O‘rganish yakunida sport zalidan samarali foydalanish, uni zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash hamda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3