Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
#_munosabat

🔰#munosabat

Agrar sohada subsidiyalarni ajratish va sug‘urtalash tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar bilan tanishar ekanman, mazkur yo‘nalish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini barqarorlashtirishda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

Ayniqsa, subsidiyalarning manzilli va shaffof ajratilishi, fermer va tadbirkorlarning davlat ko‘magidan samarali foydalanishi uchun qulay mexanizmlarning yaratilishi agrar tarmoq rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qishloq xo‘jaligida turli tabiiy va iqtisodiy xatarlar mavjud. Shu bois sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini himoya qilish va kutilmagan yo‘qotishlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish muhim vazifalardan biridir.

Ushbu tashabbuslar hududlarda ham o‘z samarasini berib, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining barqaror faoliyat yuritishiga, ishlab chiqarish hajmlarini oshirishiga hamda qishloq aholisining daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Erkin Tursunov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,