Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
🔰Foydalanishga topshirilmagan ma’muriy bino – deputatlar e’tiborida

#deputat_faoliyati

🔰Foydalanishga topshirilmagan ma’muriy bino – deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L. Ergasheva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z. Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Navgadi” mahallasida joylashgan mahalla ma’muriy binosining bugungi holati o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida mazkur bino davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan bo‘lishiga qaramay, yillar davomida foydalanishga topshirilmagani aniqlandi. Natijada mahalla aholisi uchun zarur bo‘lgan ma’muriy xizmatlarni zamonaviy va qulay sharoitda tashkil etish imkoniyati to‘liq ishga solinmay kelinmoqda.
🌏Mas’ullar bilan birgalikda binoning texnik holati, foydalanishga topshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalar hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
🌏O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, binoni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish hamda masalani nazoratga olish belgilandi.
🌏Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda yaratilgan infratuzilma obyektlaridan samarali foydalanish va davlat mablag‘larining natijadorligini ta’minlashga qaratilgan.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3