Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🏫 Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahalla hududidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, jumladan, isitish tizimlarining holati, mavjud jihozlarning sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🌡 Shuningdek, sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4