Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
8-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RIB CHIQILDI

Yangi o‘quv yilining kuz-qish davrini o‘quvchilar uchun iliq, xavfsiz va qulay sharoitda o‘tkazish maktablar oldidagi muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, isitish tizimlarining mavsumga shayligi, qozonxona faoliyati va zarur yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Raimova tomonidan Do‘stlik mahallasidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxonaning mavsumga tayyorgarligi, mavjud isitish vositalarining texnik holati hamda o‘quv xonalarida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavsum davomida isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun shakllantirilgan ko‘mir va boshqa zarur yoqilg‘i zaxiralari, ularni saqlash sharoitlari hamda ehtiyojga qarab qo‘shimcha choralarni ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Maktabning sinfxonalari, o‘quvchilar foydalanadigan xonalar va boshqa hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, deraza va eshiklarning holati, elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan ham mas’ullar bilan fikr almashildi.

Noqulay ob-havo sharoitida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, isitish tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Yakunda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, qozonxona va isitish tizimlarini doimiy ishchi holatda saqlash, yoqilg‘i zaxirasini nazorat qilish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1