Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI RAHBARLARINING HISOBOTLARINI ESHITISH TARTIBI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN “AHILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Kengash kotibiyati – samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
“FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
YURTOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ADOLAT” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
#ish_reja #yunusobod_deputatlari
#24_ta_masala #DeputatNazorati

🤩 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Sohibkor” mahallasida ijtimoiy xodimning o‘z vakolati doirasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

✅ O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar va oilalarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmat va ko‘makka muhtoj shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamga ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5