Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
#sessiya
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
Ta’lim muassasasida mobil telefonlardan foydalanish tartibi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bözatov tumani Kengaşi 1-sonli "Palwash ataw" saylov okrugidan saylangan deputat A.Ibragimov tomonidan Bo‘zataw tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar tomonidan mobil telefonlardan foydalanish tartibi o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari ijrosi, ta’lim-tarbiya jarayonida mobil qurilmalardan foydalanishning belgilangan tartiblariga rioya etilishi ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida maktab rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasasida mobil telefonlardan foydalanish bo‘yicha belgilangan talablarning mazmun-mohiyati, ularning o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida tushuntirilishi hamda amaliy ijrosi yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari vaqtida mobil telefonlardan foydalanishining oldini olish, ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maktab rahbariyatiga mazkur qaror talablarini o‘quvchilar va ularning ota-onalariga muntazam ravishda tushuntirish, mobil qurilmalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasida belgilangan tartib-intizomga rioya etilishini ta’minlash, o‘quvchilarning dars jarayoniga e’tiborini oshirish hamda zamonaviy axborot vositalaridan oqilona va mas’uliyat bilan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Slide 1 of 2