Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Quduqsoy" mahallasida soliq xodimi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi" doirasida davlat organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyati samaradorligini baholash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 19-Quduqsoy saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov "Quduqsoy" MFYda bo‘lib, mahallaga biriktirilgan soliq xodimining ish faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yangi biznes sub’ektlarini aniqlash va ularni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish, aholi o‘rtasida to‘lov madaniyatini oshirish hamda soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, soliq intizomini kuchaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddi xodimga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1