Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA ZAMONAVIY TIBBIY JIHOZLAR BILAN TA’MINLANGANLIK O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari

TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA ZAMONAVIY TIBBIY JIHOZLAR BILAN TA’MINLANGANLIK O‘RGANILDI

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert komissiyasi a’zosi Alisher G‘iyosov tomonidan Uchtepa tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🚑 Mazkur qaror bilan Uchtepa tumani tibbiyot birlashmasiga aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, jumladan, ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 1 mlrd. 750 mln. so‘m mablag‘ hisobidan “Mammografiya” apparatini, shuningdek, ayollarni “Dopler” skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish uchun 520 mln. so‘m mablag‘ hisobidan tegishli tibbiy apparat xarid qilish uchun mablag‘ yo‘naltirilgan.

🕯 O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasida xarid qilingan rentgen apparati hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan boshqa ishlar bilan tanishildi.

🤔 Shuningdek, qarorda ko‘rsatilgan “Mammografiya” apparati hozirgi kunga qadar yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan tibbiyot birlashmasiga yetkazib berilmagani ma’lum bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan mas’ullar bilan tegishli tushuntirishlar olindi hamda jihozning belgilangan tartibda yetkazib berilishini ta’minlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

↗️ O‘rganish jarayonida aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish orqali amalga oshirilayotgan faoliyat, mavjud tibbiy xizmat turlari va ularning tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

📁 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, Kengash qarorida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 9