Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AHOLI MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM VOSITASI!
янв.21
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
QADRDON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun
янв.21
KITOB — MA’RIFAT, BILIM VA YUKSAK MA’NAVIYAT MANBAI!
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

📚 O‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Islomova tomonidan Ahillik mahallasidagi 10-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi hamda mahalla vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda axborotlarni tanqidiy tahlil qilish, ishonchsiz va zararli ma’lumotlarga berilmaslik, internet madaniyatiga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilarni ta’lim olishga, kitob mutolaasiga, foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga va o‘z vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chaqirildi.

Slide 1 of 5