Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 17-Katta Machit saylov okrugidan deputati Zamira Isroilovna Xodjayeva 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabidagi o‘rganishlarini davom ettirib, ta'lim maskanining kutubxona faoliyatini ham yaqindan ko‘zdan kechirdi.
Jarayon davomida maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy va o‘quv adabiyotlari fondi, darsliklar bilan ta'minlanganlik darajasi hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi. Deputat kutubxona fondini boyitish, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish bo‘yicha mas'ullarga o‘z tavsiyalarini berdi.
Mamlakatimizda bu kabi yo‘nalishlardagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprelda qabul qilingan O‘RQ-280-sonli “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tartibga solinib, aholining intellektual va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
“Kitob — inson zakovatining qomusi, yosh avlodning ma'naviy kamolotida esa eng muhim poydevordir. Maktab kutubxonalari faoliyatini yaxshilash va ularni zamonaviy adabiyotlar bilan ta'minlash doimiy e'tiborimizda bo‘ladi,” — deya ta'kidladi deputat Zamira Xodjayeva.
Kutubxona faoliyatini yanada jonlantirish va o‘quvchilarga qulayliklar yaratish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4