Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining haftalik media-rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan tumanning “G‘azalkent” mahallasidagi “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar Kengash raisi O.Babayev, deputat F.Axmedov, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov va “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida reyestrga kiritilgan birinchi oilaga imtiyozli kreditlar asosida uy-joylarini ta’mirlash, chorva mollarini xarid qilishga ko‘maklashilganligi, ikkinchi oilaga foizsiz ssuda mablag‘lari hisobidan malina yetishtirish yo‘lga qo‘yilganligi, ushbu o‘rganilgan oilalar haqiqatdan daromad manbaiga ega bo‘lganliklari aniqlandi.

🔻Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga fuqarolar tomonidan ijobiy fikrlar va shukronalik munosabati bildirildi. Bu kabi o‘rganishlar tumanning barcha mahallalarida muntazam ravishda olib borilishi deputatlar tomonlaridan ta’kidlandi.

Slide 1 of 2