Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
AYOLLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

AYOLLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Sattorova Dinora Jumanazarovna tomonidan tumandagi Madaniyat mahallasida bandligi ta’minlangan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ayollarning bugungi kundagi tadbirkorlik faoliyati, bandlik holati, mavjud muammolari va ularni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini yanada mustahkamlash hamda faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tegishli tartibda o‘rganish va yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv deputatlik nazorati doirasida aholi, xususan, xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolarini amaliy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.