📌 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M.Mamatqulov va B.Toshpo‘latovlar tomonidan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 6-ilovasi 125-bandi ijrosi yuzasidan Jizzax shaxrida jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.
🔸 Monitoring jarayonida ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimlari holati, issiqlik taʼminotidagi mavjud muammolar, energiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda quyosh panellari va boshqa yashil energiya manbalarini joriy etish holati o‘rganildi.
🔸O‘rganishlar natijasida aniqlangan holat va muammolar tahlil qilinib, ko‘p kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti sifatini yaxshilash, energiya tejamkorligini oshirish va yashil energiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar shakllantirildi.