Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
⚡️ Qoraqalpog‘iston — “yashil” energetika rivojlanayotgan hudud

⚡️ Qoraqalpog‘iston — “yashil” energetika rivojlanayotgan hudud

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida “yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan yangi vazifalar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
“Qoraqalpog‘istonning tabiiy imkoniyatlari, ayniqsa, shamol energetikasi sohasidagi salohiyati bugun yirik loyihalar uchun muhim resursga aylanmoqda. Bu nafaqat energetika tizimi, balki hududning kelajakdagi iqtisodiy rivoji uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda “yashil” energiyaning ulushi 23 foizga yetgani e’tiborga molik natija. Belgilangan rejalar asosida 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 76 foizga yetkazish, jami 3 300 megavatt quvvatli shamol stansiyalarini ishga tushirish va energiya saqlash quvvatlarini yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Ayniqsa, Qo‘ng‘irot tumanida 1,5 ming megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasi barpo etilishi Qoraqalpog‘istonning “yashil” energetikadagi salohiyatini yanada kengaytiradi. Loyiha doirasida yangi elektr tarmoqlari va podstansiyalar qurilishi ham rejalashtirilgan.

Ekologik partiya vakili sifatida men uchun ushbu jarayonning yana bir muhim jihati — toza energiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashdir.

Qoraqalpog‘istonning shamolidan samarali foydalanish — bugungi kunning energetik ehtiyojini ta’minlash bilan birga, kelajak avlod uchun toza va barqaror muhit yaratishga xizmat qiladigan muhim yo‘nalishdir.”

— Matniyazov Akbar Qadirovich
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat.

Slide 1 of 1