Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AHOLI MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM VOSITASI!
янв.21
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
QADRDON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun
янв.21
KITOB — MA’RIFAT, BILIM VA YUKSAK MA’NAVIYAT MANBAI!
"Xalqparvar" komissiyasi

Bandixon tumanida "Xalqparvar" komissiyasi deputatlari ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini o‘rgandilar

✅Bandixon tumanida aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, tuman markazida zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmualarini barpo etish hamda shaharsozlik va qurilish sifati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini o‘rnatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi, deputat I.A.Xalmatov hamda komissiya a’zosi, deputat X.Abdimo‘minov tuman markazidagi “Bandixon” mahallasida qurilayotgan 5 qavatli turar joy binosi qurilishi maydonida bo‘ldilar.

✅Loyiha hujjatlariga asosan, "Shukrona-Marvarid-Donolari" xususiy korxonasi tomonidan pudratchilik asosida barpo etilayotgan ushbu ko‘p qavatli uyda zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, avtoturargoh hamda bolalar maydonchasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

✅Deputatlar tomonidan qurilish ishlarining borishi, shaharsozlik va texnik reglamentlarga amal qilinishi hamda qurilish materillari sifati ko‘zdan kechirildi. Tashrif yakunida ob’ektni belgilangan muddatlarda, sifatli yakunlash va foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ul pudratchi va texnik nazoratchilarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1