Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AHOLI MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM VOSITASI!
янв.21
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
QADRDON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun
янв.21
KITOB — MA’RIFAT, BILIM VA YUKSAK MA’NAVIYAT MANBAI!
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi ishlar o‘rganildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi ishlar o‘rganildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan “Kunchiqish” mahallasida har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalar va xonadonlar holati ko‘zdan kechirilib, obodonlashtirish, hududlarni toza va ozoda saqlash, xonadonlar atrofi hamda umumiy foydalanishdagi joylarni tartibga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqot davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularni tegishli tartibda hal etish imkoniyatlari o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hudud obodligini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4