Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun Bizni kuzatishda davom eting!
янв.21
“POSIRA”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
1-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR: KELAJAK SARI BIRGALIKDA!
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI TASHKIL ETILDI
янв.21
2️⃣5️⃣-SENTYABR "Avtomobilsiz kun"
янв.21
AHOLI GAVJUM KO‘CHALARDA OBODONLASHTIRISH VA INFRASTRUKTURANI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“MUZEYLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi
#Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

«Yangi O‘zbekiston qiyofasi» doirasida hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi Xudoyqulova Jamila Ziyayevna tomonidan «Yangi hayot» mahallasida har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi masjid hududida yangidan qurilayotgan tahoratxona ham ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarining borishi, obyektda yaratilayotgan sharoitlar, hududning obodonchiligi, tozalik va sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud muammolar, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash masalalari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3