Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun Bizni kuzatishda davom eting!
янв.21
“POSIRA”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
1-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR: KELAJAK SARI BIRGALIKDA!
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI TASHKIL ETILDI
янв.21
2️⃣5️⃣-SENTYABR "Avtomobilsiz kun"
янв.21
AHOLI GAVJUM KO‘CHALARDA OBODONLASHTIRISH VA INFRASTRUKTURANI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“MUZEYLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #22_band #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdulla Avloniy” mahallasida issiqlik ta’minoti bo‘yicha amaliy ishlar nazoratda

Yangi O‘zbekiston qiyofasini yaratish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash hamda hududlarda infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Abdulla Avloniy” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tashrif davomida mahalla hududida Investitsiya dasturi asosida qozonxona va issiqlik tarmog‘ini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullar tomonidan loyihaning joriy holati, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan vazifalar ijrosi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari yuzasidan pudratchi tashkilot rahbari bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini barpo etish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilinib, ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish va loyiha ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlarining 22-bandi — hududdagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holatini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

Deputatlik nazorati — hududlarni rivojlantirish, infratuzilma loyihalarining samarali ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.