Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdulla Avloniy” mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish — nazoratda

Yangi O‘zbekiston qiyofasini har bir mahallada barpo etish, aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov mahalla faollari bilan uchrashdi.

Muloqotda aholi bandligini oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, xonadonlar kesimida muammolarni aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli va amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mahallada bandlik va farovonlikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish belgilandi.

Maqsad — har bir xonadon farovonligi, har bir fuqaroning munosib daromadi va mahallaning barqaror rivoji!