Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #savolnoma_asosida #Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizi tomonidan tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Davlat xizmatlari sifati: FHDYO bo‘limiga tashrif buyurayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, navbatlarni tartibga solish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining tezkorligi;

Murojaatlar ijrosi: Aholi tomonidan takroran yoki joyida berilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi;

Savolnoma va nazorat: Belgilangan savolnoma asosida bo‘lim xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati hamda sohaviy qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolari va takliflari tinglandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3