Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish, obodonlashtirish ishlari hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, “Mahalla yettiligi” hamkorligida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mahallada mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5