Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AHOLI MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM VOSITASI!
янв.21
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
QADRDON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun
янв.21
KITOB — MA’RIFAT, BILIM VA YUKSAK MA’NAVIYAT MANBAI!
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI YANADA KUCHAYTIRILADI

🏛 Joriy yilning 22-sentabr kuni Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha bildirilgan taklif va tavsiyalar bilan tanishdi.

📊 Seminar davomida Senat tomonidan Xorazm va Navoiy viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan amaliy tizimni boshqa hududlarda ham joriy etish, mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari faoliyatini samarali tashkil etishning aniq mexanizmlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🔺 Shuningdek, mahallalarda aniqlangan masalalarni tuman va shahar Kengashlari muhokamasiga olib chiqish, mas’ul tashkilotlardan aniq choralar va amaliy natijalarni talab qilish, mahalliy darajada hal etish imkoniyati bo‘lmagan muammolarni esa yuqori turuvchi tashkilotlar darajasiga olib chiqish tartibi tushuntirildi.

📋 Deputatlarga o‘z saylov okrugidagi mahallalarda aholi, “mahalla yettiligi”, faollar va mas’ul tashkilotlar bilan muntazam muloqot olib borish, ishsizlik, daromad manbaining yo‘qligi, tadbirkorlikni boshlashdagi to‘siqlar, ijtimoiy hamda infratuzilmaviy muammolarni manzilli o‘rganish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔎 Mazkur seminar mahalliy Kengash deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8