💦 Arg‘in-Sada MFY hududidagi suv minorasi ishga tushirildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan Arg‘in-Sada MFY hududida joylashgan suv minorasining holati o‘rganilgan edi.
💦 O‘rganish davomida suv minorasi atrofi begona o‘tlar bilan qoplangani, hudud obodonlashtirishga muhtojligi hamda suv minorasining texnik holati ta’mirtalab ekani aniqlangan.
🤝 Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida mahalla fuqarolari bilan hamkorlikda hashar tashkil etilib, suv minorasi atrofi begona o‘tlar va chiqindilardan tozalandi, hudud obodonlashtirildi.
🔧 Shuningdek, suv minorasidagi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, zarur ishlar amalga oshirildi. Natijada suv minorasi qayta ishga tushirilib, aholi foydalanishi uchun xizmat ko‘rsata boshladi.
❗️ Mahalla fuqarolarining hamjihatligi va faol ishtiroki natijasida muammo qisqa muddatda amaliy yechim topdi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!