Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_kunlik_ish_reja_ijrosi #_162_ta_qonun Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlash — deputat e’tiborida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_kunlik_ish_reja_ijrosi
#_162_ta_qonun
Xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlash — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “25-Afrosiyob” saylov okrugidan saylangan deputat Ulug‘bek Shahobiddinovga biriktirilgan “Afrosiyob” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5-bandi ijrosi yuzasidan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.
Jumladan, mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirish hamda huquqiy savodxonligini yuksaltirish zarurligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni ijrosi holati ham tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib turmush sharoitlarini ta’minlash va jamiyatdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Slide 1 of 1