Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

🔹 Uchquduq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi, 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mas’ul mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishiga Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov rahbarlik qildi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov ham ishtirok etdi.

🔹 Sessiya kun tartibidan muhim masalalar o‘rin oldi
Yig‘ilish davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, moliyaviy barqarorligini ta’minlash, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
▫️ tumanning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish;
▫️ fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aholi tomonidan ilgari surilayotgan taklif va loyihalarni amalga oshirish;
▫️ kommunal infratuzilmani kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholini zarur xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash;
▫️ elektr energiyasi va boshqa energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish;
▫️ tegishli sohalarda ijro intizomini mustahkamlash, rahbar va mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Sessiya davomida kun tartibidagi har bir masala yuzasidan mas’ullar axboroti tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.
Muhokamalar jarayonida hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda mas’ul rahbarlarning faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

📌 Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8