Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#munosabat

🔰#munosabat

🔵Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi 5 yildan bosqichma-bosqich 20 yilgacha uzaytirish taklifi fuqarolarning uzoq yillik mehnat faoliyatini pensiya hisob-kitobida yanada to‘liq aks ettirishga qaratilgan.
🔵Bugungi tartibda oxirgi 10 yillik mehnat faoliyatidagi ketma-ket 5 yillik ish haqi hisobga olinadi. Yangi yondashuvda esa hisobga olinadigan davr har yili bir yildan kengaytirib borilishi, daromadi eng past bo‘lgan 10 foizlik davrni chiqarib tashlash imkoniyati ko‘zda tutilmoqda.
🔵Menimcha, bunday o‘zgarish fuqarolarning mehnat staji, rasmiy ish haqi va to‘lagan ijtimoiy soliqlarini pensiya miqdorida yanada to‘liqroq aks ettirishga xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, mehnat faoliyati davomida turli davrlarda ish haqi miqdori o‘zgarib turgan fuqarolar uchun bu mexanizm muhim ahamiyat kasb etadi.
🔵Shu bilan birga, islohotning aholining turli qatlamlariga ta’siri, yangi tartibning qo‘llanish mexanizmlari va kutilayotgan natijalari jamoatchilikka sodda va aniq tushuntirilishi muhim. Pensiya tizimidagi har qanday o‘zgarish insonning uzoq yillik mehnati va ijtimoiy ta’minotiga bevosita daxldor.
🔵Eng muhimi, pensiya miqdorini fuqaroning real mehnat faoliyati va rasmiy daromadlari bilan yanada uzviy bog‘lashga qaratilgan mexanizmlar puxta va shaffof asosda amalga oshirilishidir.

Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,