Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#sessiya
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot

“Paxtakor” mahallasida aholi muammolari va mahalla faoliyati o‘rganildi

Mahalla — aholi bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin va muhim bo‘g‘in. Shu bois hududlarda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning murojaatlarini eshitish, mahalla faollari faoliyatining samaradorligini baholash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga
9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat A.Allamuradovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Paxtakor” mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

Nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holatni har tomonlama tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla faollarining aholi bilan bevosita ishlashi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari ham nazorat-tahlil tadbirining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

Mazkur Farmon doirasida mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish, mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholi bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish borasidagi vazifalar yuzasidan mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 mahallada aholi bilan ishlash va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish holati;
🔹 mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 mahalla faollarining o‘zaro hamkorligi va vazifalarni bajarish samaradorligi;
🔹 hududni obodonlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarning borishi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
🔹 yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
🔹 mahalladagi muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish samaradorligi.

Muloqot davomida mahalla faollarining aholiga yaqin bo‘lishi, har bir murojaat ortida inson taqdiri va manfaatlari turganini unutmaslik, muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mahalladagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar oldiga masala sifatida qo‘yish, ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borish muhimligi qayd etildi.

Nazorat-tahlil tadbirlarining asosiy maqsadi — kamchiliklarni aniqlash bilangina cheklanmasdan, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish va eng muhimi, aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

Kelgusida ham “Paxtakor” mahallasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolar yechimini nazoratga olish hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1