Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Burchmullo” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi M.Yuldasheva faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mahallada 31 ta oila Kambag‘allik reyestriga kiritilgan. Ularning 10 tasi davlat ta’minotida, 20 tasi kambag‘al, 1 ta oila esa kambag‘allik chegarasida ekani qayd etildi.

🔺Deputat tomonidan har bir oilaning holatini alohida o‘rganish, ularni kambag‘allikdan chiqarishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Bunda oilalarda mehnatga layoqatli a’zolarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish muhimligi qayd etildi.

🔺Shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlardan samarali foydalanish bilan bir qatorda, oilalarning o‘z imkoniyatlarini ishga solishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga qaratilgan manzilli ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1