35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLIY BUDJET DAROMADLARI IJROSI MUHOKAMA QILINIB, TEGISHLI QAROR QABUL QILINDI

Masala yuzasidan mas’ullarga deputatlar tomonidan budjet tushumlarini oshirish, mavjud daromad rezervlaridan samarali foydalanish, soliq qarzdorligini qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan savollar berildi.

Muhokamalar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, qo‘shimcha daromad manbalarini safarbar etish, soliq bazasini kengaytirish va soliq intizomini mustahkamlash bo‘yicha tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

Sessiyada mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga mahalliy budjet daromadlarini barqaror shakllantirish, qo‘shimcha daromad manbalarini safarbar etish hamda soliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.