Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
YASHIL HUDUDDAN — FOYDALI TASHABBUS SARI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida issiqxonada ekilgan limon ko‘chatlarining holati, ularni parvarishlash jarayoni hamda issiqxonadan samarali foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

Issiqxonada limon ko‘chatlarini yetishtirish orqali maktab hududidan unumli foydalanish, o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Deputat tomonidan issiqxonadagi limon ko‘chatlarini muntazam parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va issiqxona imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday tashabbuslar maktab hududidan samarali foydalanish bilan birga, o‘quvchilarni mehnatsevarlik va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1