Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
PIYODALAR XAVFSIZLIGI: KO‘PRIK HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Usmonov hamda tuman Kengashi deputati Sh.Xudoyqulov tomonidan Bobur MFY hududidagi Ma’rifat va Katta bog‘ ko‘chalarini bog‘lovchi zovur ustiga o‘rnatilgan ko‘prikning texnik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mazkur ko‘prikning bugungi kundagi texnik holati ko‘zdan kechirilib, ta’mirtalab holatga kelib qolgani, ayrim qismlarini ta’mirlash va mustahkamlashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur holat, ayniqsa, yosh bolalar, keksa fuqarolar hamda piyodalarning xavfsiz harakatlanishi nuqtayi nazaridan jiddiy e’tibor talab etadi.

💡 Shuningdek, ko‘prik hududida yoritish tizimining mavjud emasligi kechki va tungi vaqtlarda fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirayotgani qayd etildi. Yetarli yoritishning yo‘qligi piyodalar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirib, hududda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda.

🛣 Bundan tashqari, ko‘prikning kirish va chiqish qismlarini shag‘allashtirish, harakatlanish uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalasi ham o‘rganish davomida alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish fuqarolarning kundalik qatnovi uchun qulaylik yaratish bilan birga, yomg‘irli va noqulay ob-havo sharoitlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘prikni ta’mirlash va texnik jihatdan mustahkamlash, hududni yoritish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda kirish-chiqish qismlarini shag‘allashtirish masalalarini tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ullar e’tiboriga tegishli taklif va tavsiyalar yetkazildi.

Slide 1 of 2