Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#sessiya
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
SPORT UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport zali, undagi sport anjomlari va jihozlarning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zalining umumiy holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport anjomlarining mavjudligi, jihozlanganlik darajasi, sozligi va foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya darslari va sport to‘garaklarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish hamda sport inventarlarining saqlanishi va xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida sport zalining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yetishmayotgan sport anjomlarini bosqichma-bosqich to‘ldirish, mavjud jihozlardan samarali foydalanish va o‘quvchilarni sportga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida sport zalidagi sharoitlarni yanada yaxshilash, mavjud sport anjomlarining sozligini ta’minlash va zarur jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2