Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA TIZIMDA OCHIQLIKNI TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA TIZIMDA OCHIQLIKNI TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev ishtirokida Mirobod tumanida ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.

🔎 O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi raisi topshirig‘i asosida “Korrupsiyadan xoli hudud” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud masalalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

📁 Tadbir davomida deputat Toshpo‘lat Matibayev tomonidan “Yo‘l xaritasi” ijrosi, maishiy korrupsiyaning oldini olish, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda tizimda ochiqlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

🤝 Muhokamalarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati Gulruh Umarova ham ishtirok etib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, faoliyatda shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

🏥 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida “Sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish — ustuvor vazifamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Toshpo‘lat Matibayev hamda Mirobod tumani Kengashi deputati, 3-son shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori G. Umarova tibbiyot xodimlari bilan muloqot qildi.

🩺 Muloqot davomida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, tibbiy xizmat ko‘rsatishda halollik va mas’uliyatni kuchaytirish, shuningdek, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishda ochiqlik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Ishtirokchilarga korrupsiyaning kelib chiqish omillari va salbiy oqibatlari, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda jamoatchilik nazoratining ahamiyati yuzasidan tushunchalar berildi. Tibbiyot sohasi xodimlarining savollariga javob berilib, ular bilan o‘zaro fikr almashildi.

🔺 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish, ijtimoiy sohadagi xizmatlar samaradorligiga e’tibor qaratish hamda fuqarolar manfaatlariga daxldor masalalarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish vazifalari bilan hamohang olib borildi.

✅ Yakunda korrupsiyaning oldini olish, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha manfaatdor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5