Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT TADBIRI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda Andijon MFY mahalla yettiligi bilan hamkorlikda 7-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqbuzarlikka olib keluvchi omillarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari, amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda turli salbiy ta’sirlarga berilmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, turli yot g‘oyalar va huquqbuzarlikka undovchi ta’sirlardan himoyalanish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4