Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
O‘rganish

“Sortepa” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S. Esonovaning viloyat hokimining sayyor qabulida bildirgan murojaatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tegishli soha rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh a’zolari fuqaroning xonadoniga borib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalarni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida mavjud holat, muammoning kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va soha rahbarlariga muammoni qonuniy tartibda hal etish, fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Tursunova va hudud deputati N.Muxiddinovalar ham ishtirok etdi. Murojaatning ijrosi hamda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi nazoratga olindi.

Slide 1 of 6